Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni 42 ming 310 nafarga yetdi

6-fevral kuni sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi mamlakatning 11 viloyatida shuningdek Suriyada katta yo‘qotishlarga yo‘l ochdi. Eng yomoni minglab inson umriga zomin bo‘ldi.

1949583
Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni 42 ming 310 nafarga yetdi

Turkiya Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatning 11 viloyatiga ta’sir qilgan tabiiy ofatda vafot etganlar soni ortgani qayd etildi.

Mazkur ma’lumotga ko‘ra, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida vafot etganlar soni 42 ming 310 nafarga yetdi.

Yer silkinishi yuz bergan hududidan 448 ming 18 kishining evakuatsiya qilinganini bildirgan AFAD, tabiiy ofat yuz bergan viloyatlarning 270 nuqtasida tashkil etilgan chodir shaharchada 300 ming 809 chodir o‘rnatish ishlari tamomlanganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Turkiya Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD), 6-fevral kuni epitsentri Kahramanmarash va 20-fevral kuni epitsentri Hatay deb qayd etilgan yer silkinishi ortidan 7 ming 242 takroriy seysmik silkinishlar kuzatilganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #Hatay , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar