Prezident Erdo‘g‘an: 1 million 684 ming fuqaroning boshpana ehtiyoji qondirildi

Prezident Erdo‘g‘an, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasining (AFAD) Hataydagi koordinatsiya markazida bayonot berdi.

1948977
Prezident Erdo‘g‘an: 1 million 684 ming fuqaroning boshpana ehtiyoji qondirildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishidan jabr ko‘rgan 1 million 684 ming fuqaroning boshpana ehtiyoji qondirilganini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasining (AFAD) Hataydagi koordinatsiya markazida bergan bayonotida, yer silkinishlarida yiqilgan binolar haqida:

“To‘liq vayron bo‘lgan 21 mingga yaqin binodagi 71 mingdan ortiq mustaqil bo‘linmalarning vayronalari olib tashlandi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an yiqilgan, yiqilay deb qolgan va katta ziyon ko‘rgan 118 mingta binodagi 412 ming mustaqil bo‘linmaning boshatilganini ma’lum qildi.

Ziyon ko‘rgan binolarni aniqlash ishlari tugash arafasida ekanini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an:

“Qidiruv-qutqaruv ishlarini yakunlash arafasidamiz. Shu kunlarda yer silkinishi oqibatida halok bo‘lgan 41 ming 156 fuqaro dafn qilindi. Vayronalar ostidan qutqarilganlar soni 114 ming 834 nafarga yetdi”. – deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, 1 million 684 ming fuqaroning turar joy ehtiyoji qondirilganini qayd etar ekan o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Ilk bosqichda 65 mingtasi o‘rnatilayotgan konteynerlar sonini 100 mingtaga, ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa 200 mingtagacha chiqarishimiz mumkin. Chodir va konteyner shaharchalarda jon saqlayotgan fuqarolarimizni 1 yil ichida doimiy yashash joylariga ko‘chiramiz. Barcha shaharlarimizni turar joylari, ishxonalari, sano’ati, qishloq xoʻjaligi, tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan zarracha ortda qoldirmay qayta tiklaymiz”.



Aloqador xabarlar