Turkiyaning Hatay viloyatida yana 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila oqibatida 6 kishi halok bo'ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

1949092
Turkiyaning Hatay viloyatida yana 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Kecha, 20 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Hatay viloyatida yana ketma-ket vayronkor zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila oqibatida 6 kishi halok bo'ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Hatay viloyatining Defne tumanida mahalliy vaqt bilan soat 20:04 atrofida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.  Soat 20:07 da epimarkazi Hatayning Samandag‘ tumanida bo‘lgan 5,8 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi.  

Zilzilalar Turkiyaning G‘aziantep, Adana, Usmoniya va Kahramanmarash viloyatlarida ham sezildi.

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja Twitter'dagi sahifasida bergan bayonotida, "Bugun kechasi Hatayda sodir bo'lgan ketma-ket ikki zilzilada 294 kishi jarohat oldi. Ulardan 18 nafarining ahvoli afsuski og'ir" dedi.

Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Hatay , #Turkiya

Aloqador xabarlar