Hatayda 45 yoshli erkak zilziladan 11 kun o‘tib qutqarildi

Turkiyaning Hatay viloyatida 45 yoshli Hakan Yasinoglu Defne tumanida qulagan bino vayronalari ostidan chiqarildi.

1948411
Hatayda 45 yoshli erkak zilziladan 11 kun o‘tib qutqarildi

 

Turkiyaning Hatay viloyatida 45 yoshli erkak vayronalar ostida zilziladan 278 soat (11 kun) o‘tib, omon qoldi.

Hakan Yasinoglu Defne tumanida qulagan bino vayronalari ostidan chiqarildi.

Qidiruv-qutqaruv guruhi vayron bo‘lgan bino ostida tirik odam borligini aniqladi.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Hatay

Aloqador xabarlar