Mustafa Shento‘p o‘zbekistonlik ko‘ngillilarga minnatdorchilik bildirdi

O‘tgan hafta, 6-fevral kuni epitsentri Turkiyaning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

1945948
Mustafa Shento‘p o‘zbekistonlik ko‘ngillilarga minnatdorchilik bildirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p yer silkinishidan jabrlanganlarga issiq taom tarqatayotgan o‘zbekistonlik ko‘ngillilar chodirini ziyorat qilib, minnatdorchilik bildirdi.

Mustafa Shento‘p o‘z minnatdorchiligini quyidagicha ifoda etdi:

“O‘zbekistondan kelgan qardoshlarimiz Insonparvarlik yordami jamg’armasi (IHH)ning Kilis Logistika Markazida tayyorlayotgan o‘zbek palovi bilan ham fuqarolarimizni, ham qidiruv-qutqaruv guruhlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunday og‘ir kunlarda qardosh mamlakat - O‘zbekistonning ko‘magini ko‘rish biz uchun juda qadrlidir”.

Eslatib o‘tamiz:

O‘tgan hafta, 6-fevral kuni epitsentri Turkiyaning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Mamlakatning 10 ta viloyatiga ta’sir qilgan ushbu voqea oqibatida oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra vafot etganlar soni 31 ming 643 nafarga yetdi. Tan jarohati olganlar son esa 80 ming 278 nafar. 



Aloqador xabarlar