Respublika Xalq partiyasining sobiq raisi Deniz Baykal vafot etdi

JHP raisi Kemal Kilichdaro’g'lu, Antaliya deputati Deniz Baykalning vafot etganini ma'lum qildi.

1945118
Respublika Xalq partiyasining  sobiq raisi Deniz Baykal vafot etdi

 

Respublika Xalq partiyasining (JHP) sobiq raisi Deniz Baykal vafot etdi.

JHP raisi Kemal Kilichdaro’g'lu, Antaliya deputati Deniz Baykalning vafot etganini ma'lum qildi.

Kilichdaro’g'lu o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida,

"Raisimiz, Turkiya va Respublika xalq partiyamizning sobiq raisi , Antaliya deputatimiz, qadrli oqsoqolimiz Deniz Baykalning vafot etganini juda qayg'u bilan xabar oldim . U bizga kurashlarga to'la hayot hikoyasini qoldirdi. Xalqimizga hamdardlik bildiramiz. ."  deya  bildirdi.

Boshqa tomondan, Deniz Baykalning o'limidan so'ng siyosatchilar ta'ziya xabarlarini tarqatdi .

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Deniz Baykalning oilasiga qo'ng'iroq qilib, hamdardlik bildirdi.

Prezident Erdog’an, Deniz Baykalning rafiqasi O’ljay Baykal va qizi Asli Baykal bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdog’an Baykal oilasiga  t’aziya va hamdardlik bildirdi.

Prezident Erdo’g'an, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ham shunday dedi.

Turkiya siyosatining qimmatli namoyandalaridan biri, sobiq JHP raisi va sobiq vazirlarimizdan Deniz Baykalga Allohdan rahmat tilab, oilasi va muxlislariga hamdardlik bildiraman”.  Deya ifoda etdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p ham o‘z murojaatida shunday dedi:

"Siyosiy tariximizning muhim ismlaridan biri bo'lgan Deniz Baykalning vafotini qayg'u bilan bilib oldim. Unga Allohdan rahmat, oilasi, muxlislari va JHP jamoatchiligiga hamdardlik tilayman" dedi.

Vitse-prezident Fuat O’ktay ham shunday dedi:

“Dengiz Baykalga Allohdan rahmat, oilasi, yaqinlari va JHP jamoatchiligiga hamdardlik tilayman”.  Deya qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ham ijtimoiy media orqali ma’lum qildi.

“Sobiq JHP raisi , sobiq tashqi ishlar vazirlarimiz, Antaliya deputatimiz Deniz Baykalga Allohdan rahmat tilayman. Deb yozdi.

Binali Yildirim, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi o‘rinbosari

“Dengiz Baykalga Allohdan rahmat, oilasi, yaqinlari va barcha muxlislariga sabr va hamdardlik tilayman”. Xabarini  baham ko'rdi.

Ijtimoiy tarmoq orqali hamdardlik bildirgan AK partiya voizi O‘mer Chelik ham shunday dedi:

"Dengiz Baykalning vafotini  qayg'u bilan bilib oldik. Alloh rahmatiga olsin. Oilasi va muxlislariga hamdardlik va sabr tilaymiz". dedi.

Prezident matbuot kotibi Ibrahim Kalin ham o'z xabarida shunday dedi:

Turkiya siyosatining faxriy namoyandalaridan biri, tajribali siyosatchi va davlat arbobi, sobiq JHP raisi Deniz Baykalga Allohdan rahmat, yaqinlari, barcha muxlislari va JHP jamoatchiligiga hamdardlik tilayman”. iboralarni ishlatdi.

Buyuk birlik partiyasi (BBP) raisi Mustafo Destici o'z xabarida shunday dedi:

“Janob Baykalga Allohdan rahmat, oilasi, yaqinlari, muxlislari va JHP jamoatchiligiga hamdardlik va sabr tilayman”. o‘z bayonotini berdi.

Deniz Baykal 1973-1980 va 1987-1999 yillarda parlament a'zosi bo'lgan. Baykal Moliya vaziri, Energetika vaziri, Tashqi ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

Baykal 1992-1999 yillarda JHP raisi lavozimida ishlagan.

2000-yil 30-sentabrda 17 oylik tanaffusdan soʻng qaytadan JHP Raisi etib saylangan Baykal, 2010-yil may oyida isteʼfoga chiqqunga qadar JHP raisi sifatidagi faoliyatini davom ettirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vafot , #JHP , #Deniz Baykal

Aloqador xabarlar