Turkiyada 15 oylik chaqaloq vayronalar ostidan qutqarib olindi

Kahramanmaroshdagi zilzilalardan keyin vayron bo'lgan Menderes  mahallasidagi  bino vayronalari ostidan 15 oylik chaqaloq shifoxonaga olib ketildi.

1943208

Epitsentri Kahramanmarashning Pazarjik va Elbiston tumanlari bo'lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalarda vayronalar ostida qolganlarni qutqarish maqsadida Menderes mahallasida olib borilgan ishlardan xushxabar keldi.

Guruhlar 10 qavatli binoning vayronalari ostidan eshitilgan tovushlarga diqqatni jamlagan holda, taxminan 31 soatdan beri vayronalar ostida qolayotgan 15 oylik Meryem Ishikga erishildi.

Vayronalar ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan chaqaloq tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan.

Chaqaloqning onasi ham vayronalar ostida qolgani haqidagi ma’lumot tufayli, guruhlar o‘sha joyda ishlashni davom ettirmoqda.

Aloqador xabarlar