Yana 4 terrorist koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi

Bu yil boshidan beri 5 terror tashkiloti a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

1940730
Yana 4 terrorist koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi

PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan 4 nafar terrorist koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, vazirlik koordinatsiyasida olib borilgan koʻndirish ishlari natijasida oxirgi 24 soat ichida PKKdan qochgan yana 4 nafar terror tashkiloti a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlgan.

Ularning 1992 va 2015-yillarda terror tashkiloti tarkibiga kirib, Iroq va Suriyada faoliyat olib borganliklari aniqlandi.

Bu yil boshidan beri koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻlgan terroristlar soni 5 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar