Turkiyaning Isroildagi elchisi prezidentga ishonch yorlig'ini topshirdi

Turkiya elchisi Shakir O'zkan Torunlar G'arbiy Quddusdagi Isroil Prezident qarorgohida o’tkazilgan marosimda prezident Isxak Gersog tomonidan qabul qilindi.

1931246
Turkiyaning Isroildagi elchisi prezidentga ishonch yorlig'ini topshirdi

 

Turkiyaning Tel-Avivdagi favqulodda va muhtor elchisi Shakir O'zkan Torunlar Isroil Prezidenti Isxak Gersogga ishonch yorlig'ini topshirdi.

Turkiya elchisi Shakir O'zkan Torunlar G'arbiy Quddusdagi Isroil Prezident qarorgohida o’tkazilgan marosimda prezident Isxak Gersog tomonidan qabul qilindi.

Marosimda Davlat madhiyasi kuylandi. So’ngra elchi janoblari mamlakat prezidentiga  ishonch yorlig’ini taqdim etdi.

Turkiya va Isroil 2022 yil davomida o'zaro munosabatlarni yaxshilash uchun ko'plab qadamlar qo'ydi.

Isroil Prezidenti Isxak Gersogning mart oyida poytaxt Anqaraga tashrifi ortidan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'lining may oyida Isroilga tashrifi amalga oshirildi. Iyun oyida Isroil bosh vaziri Yair Lapid ham rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan edi.

17 avgust kuni Turkiya va Isroil o‘zaro diplomatik munosabatlarni maksimal darajaga ko‘tarish uchun o‘zaro elchilarni tayinlashga qaror qilgandi.

Ma'lumot uchun, Turkiya elchisi Shakir O'zkan Torunlar 2010-2014 yillarda Turkiyaning Quddusdagi Bosh konsulligi vakili va Turkiyaning Falastindagi elchisi lavozimlarida ishlagan.

Shunday qilib, Turkiya 4 yillik tanaffusdan keyin Tel-Avivga yangi elchi tayinlagan bo'ldi.

Turkiya va Isroil o'rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo'yicha tashlangan qadamlar doirasida Isroil ham Irit Lillianni Turkiyaga elchi etib tayinladi.



Aloqador xabarlar