Türkiye – Eron - Ozarbayjon parlamenti raislari Antaliyada uchrashuv o‘tkazdi

Mustafa Shento‘p, Osiyo Parlament Assambleyasi (OPA) 13 - sessiyasi munosabati bilan Antaliyada bo‘lgan Ozarbayjon Milliy majlis raisi Sohiba Gafarova va Eron Islomiy kengash majlisi raisi Muhammad Bager Galibof bilan uchrashdi.

1930399
Türkiye – Eron - Ozarbayjon parlamenti raislari Antaliyada uchrashuv o‘tkazdi

Türkiye Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p, Osiyo Parlament Assambleyasi (OPA) 13 - sessiyasi munosabati bilan Antaliyada bo‘lgan Ozarbayjon Milliy majlis raisi Sohiba Gafarova va Eron Islomiy kengash majlisi raisi Muhammad Bager Galibof bilan uchrashdi.

Shento‘p unda so‘zlagan nutqida, Türkiye mintaqaviy muammolarni mintaqada, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi muloqot, muzokara va hamkorlik asosida hal qilish tarafdori ekanini qayd etdi.

Mustafa Shento‘p,

“Uch qardosh davlat parlamenti rahbarlari sifatida uchrashuv o‘tkazishimiz, mintaqamizdagi tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni mustahkamlash yo‘lida irodali ekanimizdan dalolat beradi”. - dedi.

Shento‘p, mintaqada va dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun kuchlarni birlashtirish va qo‘ldan kelgan har qanday chorani ko‘rish zarurligini qayd etdi.

Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi muammoga ham to‘xtalgan Shento‘p, Türkiye bir tomondan Ozarbayjonni haqli kurashida qo‘llab-quvvatlasa, ikkinchi tomonda esa, Armaniston bilan normallashuv jarayonini boshlatganini yodga soldi.

Türkiye Buyuk Millat Majlisi raisi Shento‘p mavzu haqida:

“Asosan mintaqaviy normallashuv deganida tashqi aralashuvlarsiz, uchinchi tomonlar o‘rni minimallashtirilgan holda, mintaqa davlatlari bir-biri bilan tinchlik va hamkorlik ichida rivojlangan kelajakni nazarda tutmoqdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shento‘p o‘z so‘zida, mintaqadagi transport yo‘lagi va energetika sohasidagi hamkorlik salohiyatiga ham e’tibor qaratdi.

Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Gafarova bilan Eron Islomiy kengash raisi Galibof ham, uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish formatini davom ettirish borasida o‘z fikrlarini bayon etib, qo‘llab-quvvatladi.

Keyingi uchrashuv, Boku yoki Tehronda o‘tkazilishi ustidan kelishib olindi.



Aloqador xabarlar