Sulaymon So‘ylu: “Bu yil chegaralarimizda bironta terrorist ham qolmaydi”.

Suleyman So‘ylu ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Türkiyening terrorizmga qarshi kurashi haqida ma’lumot bo‘lishdi.

1927560
Sulaymon So‘ylu: “Bu yil chegaralarimizda bironta terrorist ham qolmaydi”.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, o‘tgan yili 130 ming 981 amaliyot uyushtirilgani va unda 129 nafar terroristning yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Suleyman So‘ylu ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Türkiyening terrorizmga qarshi kurashi haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Unda,

“Terrorizmga qarshi kurashimiz davom etmoqda. Xudo xohlasa Respublikamizning 100 - yilligida chegaralarimiz ichidagi tog‘larda bironta terrorist ham qolmaydi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan yili katta – kichik 578,  qishloq chetlarida esa 130 ming 981 amaliyot uyushtirilgan. Natijada, 129 nafar terrorist yo‘q qilinar ekan, ulardan 107 nafari o‘lik holatda, 22 nafari esa tiriklayin qo‘lga tushirilgan.

Amaliyotlar chog‘ida 1 190 boshpana yo‘q qilinar ekan, ko‘plab qurol-yaroq, oziq –ovqat va rozg‘or buyumlari topilgan.

Qidiruvdagi terroristlar ro‘yhatining qizil rangli kategoriyasiga kiritilgan 2, ko‘k rangli kategoriyasiga kiritilgan 4, yashil rangli kategoriyaga kiritilgan 5, sariq rangli kategoriyaga kiritilgan 19, kul rang kategoriyaga kiritilgan 27 va ro‘yhatdan tashqarida ekani aniqlangan 30, yetakchi statusida 87 nafar terrorist yo‘q qilindi. Ichki ishlar vazirining ma’lum qilishicha, mamlakatdagi terroristlar soni 120 nafardan kamaydi.

Yuz bergan terror voqealarida esa o‘tgan yili 2021-yilga nisbatan 21 foizga kamaygan. Shuningdek, 2022-yili 125 nafar PKK terror tashkiloti a’zosi o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan.

 



Aloqador xabarlar