Türkiye 124 ming 441 nafar muhojirni deportatsiya qildi

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi hisoblari orqali migratsiya boshqaruvi faoliyati boʻyicha 2022-yilgi maʼlumotlar bo‘lishildi.

1927114
Türkiye 124 ming 441 nafar muhojirni deportatsiya qildi

O‘tgan yili Türkiyeda 124 ming 441 nafar noqonuniy muhojir deportatsiya qilindi.

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi hisoblari orqali migratsiya boshqaruvi faoliyati boʻyicha 2022-yilgi maʼlumotlar bo‘lishildi.

Shunga ko‘ra, o‘tgan yili 280 ming 206 nafar noqonuniy muhojirning mamlakatga kirishi man etildi. O‘tgan yili deportatsiya qilingan noqonuniy muhojirlar soni 124 ming 441 nafarni tashkil qilgan.

Deportatsiya qilingan noqonuniy muhojirlar soni o‘tgan yilga nisbatan 161 foizga oshdi.

Muhojirlarni o‘z yurtiga qaytarish markazlari soni 30 taga yetdi.

Bugungi kunda Türkiyeda 3 million 535 ming 898 suriyalik istiqomat qilmoqda. O‘tgan yili Suriyadagi xavfsiz hududlarga o‘z ixtiyori bilan 58 ming 758, bugungacha jami 539 ming 332 nafar suriyalik qaytdi.

Migratsiya masalalari bo‘yicha maslahat markazlari tomonidan 1 million 164 ming 362 kishiga xizmat ko‘rsatildi. Ta’lim sohasida jumladan kasb-hunar, turk tili, o‘qish va yozish shuningdek Qur’on kurslari kabi 1 million 948 ming 224 kishiga yordam berildi.   

Asosan odam savdosi, migrant kontrabandasi va dengizlarda chorasiz qolganlar va shunga o‘xshash sabablar yuzasidan shoshilinch yordam soʻrab murojaat qilgan 1024 nafar noqonuniy muhojirning hayoti saqlab qolindi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #noqonuniy muhojir , #deportatsiya

Aloqador xabarlar