Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi raisi Turkiyaga tashrif buyurdi

Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi raisi Abdulloh bin Muhammad Al Shayxning ta'kidlashicha, ushbu tashrif munosabati bilan ikki davlat assambleyalari o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanadi.

1923480
Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi raisi Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Saudiya Arabistoni Sho‘ro kengashi raisi Abdulloh bin Muhammad Al Shayx rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga keldi.

Al Shayx Sho'ro Kengashining Twitter'dagi sahifasida Turkiya va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi tarixiy va qardoshlik munosabatlariga urg'u berdi.

Uning ta'kidlashicha, ushbu tashrif munosabati bilan ikki davlat assambleyalari o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib, hamkorlik keng ufqlarga olib chqiladi.

Al Shayx shuningdek, Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud bilan 28 aprel kuni Jiddada o'tkazgan uchrashuvi va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning 22 iyun kuni Anqaraga tashrifiga to'xtaldi.

Eslatish joizki, Turkiya-Saudiya Arabistoni parlamentlararo do’stlik guruhi a’zolari 18-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda muzokaralar o’tkazgandi.



Aloqador xabarlar