Mustafo Shento'p Skopyeda Shimoliy Makedoniya parlamenti raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Shimoliy Makedoniyada faoliyat ko'rsatayotgan FETO terror tashkiloti tuzilmalariga qarshi kurashga e'tibor qaratildi.

1921688
Mustafo Shento'p Skopyeda Shimoliy Makedoniya parlamenti raisi bilan uchrashdi

 

Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento'p Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopyega tashrif buyurdi.

Mustafo Shento'p tashrif doirasida kecha, 20 dekabr kuni Shimoliy Makedoniya parlamenti raisi Talat Jaferiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Shimoliy Makedoniyada faoliyat ko'rsatayotgan FETO terror tashkiloti tuzilmalariga qarshi kurashga e'tibor qaratildi.

Shento'p FETO nafaqat Turkiya milliy xavfsizligi, balki Shimoliy Makedoniya milliy xavfsizligi uchun ham jiddiy tahdid ekanligini eslatdi.

U tashrif doirasida Shimoliy Makedoniya Bosh vaziri Dimitar Kovachevski bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi Erkin savdo bitimini yangilashning ahamiyatiga e'tibor qaratildi.

Oliy martabali mehmonning mamlakatga tashrifi munosabati bilan Turkiya nazoratidagi Xalqaro Maarif maktablarining Skopyedagi filialini tantanali ochish marosimi bo'lib o'tdi.

Shento'p tadbirda so'zlagan nutqida Turkiyaning ko'plab mamlakatlarda sifatli ta'lim imkoniyatlarini taqdim etib, ta'limda imkoniyat tengligiga hissa qo'shayotganini aytdi.

U shuningdek, turk tilida ta’lim berayotgan Tefeyyuz boshlang’ich maktabi va Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan ta’mirlangan "Sulton Murat" jome’ masjidini ham ziyorat qildi.

Shento'p yetakchiligidagi delegatsiya Skopyeda 21 dekabr kuni "Turk tili bayrami" munosabati bilan o'tkaziladigan dasturda ishtirok etadi. 



Aloqador xabarlar