Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun Fransiyaga qarshi reaksiya ko’rsatdi

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, bo'lginchi terror tashkiloti PKKning Frantsiyada mavjudligiga munosabat bildirdi.

1921202
Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun Fransiyaga qarshi reaksiya ko’rsatdi

 

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, bo'lginchi terror tashkiloti PKKning Frantsiyada mavjudligiga munosabat bildirdi.

Aloqa direktori poytaxt Anqarada "Turkiya-Fransiya munosabatlari: imkoniyatlar va qiyinchiliklar" panelida so'zladi.

Yevropa Ittifoqi (YI) ham PKKni terror tashkiloti sifatida tan olganini eslatgan Altun:

“Biroq biz PKK a’zolarining Fransiyada mavjud bo’lishidan afsusdamiz. Turkiya NATOdagi barcha ittifoqdoshlaridan bo'lgani kabi Frantsiyadan ham terror tashkiloti PKK va uning o'lkasidagi bo'linmalarining barcha faoliyatlarini to'xtatishini kutmoqdamiz" dedi.

Turkiyaning Suriyadagi PKK/PYD/YPG tashkilotiga qarshi haqli kurashda ittifoqdoshlaridan ham yordam kutayotganini ta'kidlagan Altun,

Shu nuqtai nazardan, Fransiyaning Lafarge sement kompaniyasining Suriyadagi terror tashkilotlariga, jumladan DAIShga yordam berayotgani haqidagi kashfiyot, afsuski, terrorizmga qarshi kurash tarixida qora dog‘ bo‘lib qoladi”. Deya ifoda etdi.

Aloqa bo'limi boshlig'i Altun,

“Turkiya-Fransiya munosabatlari terror tashkilotlari yoki Turkiyaga qarshi lobbilarni xursand qiladigan arzon va qisqa muddatli siyosiy hisob-kitoblarga qurbon qilinmasligi kerak deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar