Qizil byulleten bilan qidirilayotgan DEASh a’zosi qo‘lga olindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1920842
Qizil byulleten bilan qidirilayotgan DEASh a’zosi qo‘lga olindi

Qizil byulleten bilan qidirilayotgan DEAShga a’zo bir terrorist, noqonuniy yo‘llar bilan Türkiyega kirmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Milliy Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, qizil byulleten orqali qidirilayotgan DEASh a’zosining Suriya chegarasidan noqonuniy yo‘llar orqali Türkiyaga kirayotgani haqida ma’lumot olingani ma’lum qilindi.

Chegara chizig‘ida kuzatilgan terrorist, Quruqlik kuchlari qo‘mondonligiga qarashli chegara bo‘linmalari va jandarmeriya tomonidan uyushtirilgan mushtarak amaliyot asosida qo‘lga olingan.

Tergovda, qo‘lga olingan terroristning Xalqaro Politsiya Tashkiloti Interpol tomonidan qizil byulleten orqali qidiruvda ekani aniqlandi.



Aloqador xabarlar