Xersondagi mesxeti turklari Turkiyaga yetib keldi

Gruziya hududlaridan o'tgach, Sarp chegara darvozasida mesxeti turklarini Hopa tumani hokimi va Sarp fuqarolik ma'muriyati xodimi, Bojxona va tashqi savdo mintaqaviy direktori va Artvin viloyati migratsiya boshqarmasi rahbari kutib oldi.

1908299
Xersondagi mesxeti turklari Turkiyaga yetib keldi

 

Urush davom etayotgan Ukrainaning Xerson shahrida yashovchi 88 nafar mesxeti turki Sarp chegara darvozasidan Turkiya hududiga kirib keldi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi va Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi tashabbuslari bilan Xersondan yo'lga otlangan 84 nafar mesxeti turki Rossiya hududlari orqali Gruziyaga yetib keldi.

Sayohat davomida ularga yana 4 nafar mesxeti turki qo'shildi va umumiy yo'lovchi soni 88 nafarga yetdi.

Gruziya hududlaridan o'tgach, mesxeti turklarini Hopa tumani hokimi va Sarp fuqarolik ma'muriyati xodimi Gurkan Uchinchi, Bojxona va tashqi savdo mintaqaviy direktori Rejep Bilgin va Artvin viloyati migratsiya boshqarmasi direktori Emre Janpo'lat Sarp chegara darvozasida turk bayroqlari bilan kutib oldilar. 

Ma'lumotga ko'ra, urush jangalidan qutqarib kelingan mesxeti turlari Turkiyaning Elazig' viloyatiga joylashtiriladi. Ular uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.

Aksariyati keksalar va bolalardan iborat 88 nafar mesxeti turki Rossiya orqali Turkiyaga yetib kelish uchun 31 oktyabr kuni Xersondan yoʻlga chiqqandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #mesxeti turklari , #Xerson

Aloqador xabarlar