Mustafo Shentop Falastin xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Parlamenti raisi Mustafo Shentop G’azo shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lagerida sodir bo’lgan yong’inda ko'plab insonlar hayotdan ko’z yumganligi munosabati bilan Falastin xalqiga hamdardlik bildirdi.

1908149

Shentop hamdardlik tilaklarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qildi.

"G'azodagi Jabaliya qochqinlar lagerida yuz bergan yong'inda halok bo'lgan farzandlarimiz va birodarlarimizga Allohdan rahmat, oilalariga sabr tilayman. Yaradorlarning tezroq sog'ayib ketishi uchun duolarimiz do'st va birodar Falastin xalqi bilan birga" ,-dedi Mustafo Shentop.

Eslatma: G'azo shimolidagi Jabaliya qochqinlar lagerida sodir bo'lgan yong'inda 21 kishi halok bo'ldi. Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos juma kuni yong‘in falokatidan so‘ng mamlakatda milliy motam e’lon qildi.

Tanlangan kalimalar: #Mustafo Shento'p , #Falastin , #Turkiya

Aloqador xabarlar