Erdo'g’an SHKTR Prezidenti Ersin Tatar bilan muloqot qildi

Prezident Erdo'g'an muloqot chog'ida Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Turkiy Davlatlar Tashkilotida (TDT) kuzatuvchi sifatida tan olinishi bilan go'yo bir oila to'liq birlashganligini ma'lum qilib, birgalikda kurashni davom ettirishga kelishib oldi.

1908123
Erdo'g’an SHKTR Prezidenti Ersin Tatar bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an kecha, 18 noyabr kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Prezident Erdo'g'an muloqot chog'ida Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Turkiy Davlatlar Tashkilotida (TDT) kuzatuvchi sifatida tan olinishi bilan go'yo bir oila to'liq birlashganligini ma'lum qilib, birgalikda kurashni davom ettirishga kelishib oldi.

Erdo'g'an shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida, Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olish uchun xalqaro hamjamiyatga qilgan tarixiy chaqirig'i doirasida kurashni birgalikda davom ettirishini ta'kidladi.

 



Aloqador xabarlar