Turkiya Xersondagi mesxeti turklarini mamlakatga keltirmoqda

Gruziya orqali Turkiyaga yetib borishi kutilayotgan mesxeti turklari uchun kerakli barcha tayyorgarliklar tegishli idoralar tomonidan bajarildi.

1908118
Turkiya Xersondagi mesxeti turklarini mamlakatga keltirmoqda

 

Urush davom etayotgan Ukrainaning Xerson shahrida yashovchi 84 nafar mesxeti turki Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Rossiya orqali Turkiyaga olib kelinmoqda.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, ularning aksariyati keksalar. Ular 31 oktyabr kuni Rossiya orqali Turkiyaga kelish uchun Xersondan yo'lga chiqdi. Biroq, guruhdagi ayrim shaxslar hujjatlaridagi kamchiliklar tufayli Rossiyaga kira olmadi.

Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi, Rossiya Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining jadal sa’y-harakatlari hamda Turkiya Tashqi ishlar vazirligining Moskvadagi Turkiya elchixonasi bilan olib borgan ishlari natijasida zarur ruxsatnomalar olindi. 

Amalga oshirilgan sa'y-harakatlar bilan 84 kishilik guruh kecha Qrim orqali Rossiya hududiga kirdi.

Mesxeti turklari shu kunlarda Rossiyaning Gruziya bilan chegaradosh hududiga yetib kelishi kutilmoqda.

Boshqa tomondan Turkiyaning Tbilisidagi elchixonasi Gruziya rasmiylari oldida kerakli mas'uliyatlarni zimmasiga oldi.

Gruziya orqali Turkiyaga yetib borishi kutilayotgan mesxeti turklari uchun kerakli barcha tayyorgarliklar tegishli idoralar tomonidan bajarildi.


Tanlangan kalimalar: #mesxeti turklari , #Xerson , #Turkiya

Aloqador xabarlar