Erdo‘g‘an Polshadagi raketa hodisasiga Rossiyaning aloqasi yo'qligini aytdi

“Bu uning raketasi emasligini aytgan Rossiyaning pozitsiyasini hurmat qilishim kerak. Biz uchun bu muhim”, deydi Erdo‘g‘an.

1907079
Erdo‘g‘an Polshadagi raketa hodisasiga Rossiyaning aloqasi yo'qligini aytdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Polshada qulagan raketa bilan bog‘liq hodisaga Rossiyaning aloqasi yo‘q, deb hisoblashini aytdi.

Bu haqda prezident Balidagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“Bu uning raketasi emasligini aytgan Rossiyaning pozitsiyasini hurmat qilishim kerak. Biz uchun bu muhim”, deydi Erdo‘g‘an. 

Erdo'g'an shuningdek, voqeani batafsil tekshirishga chaqirdi. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Jo Baydenning “bu Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar emasligi” haqidagi bayonotlarini muhim deb atadi.  

“Germaniya kansleri Olaf Shols, ular NATOning olti davlati kabi bir-biri bilan aloqada ekanliklarini aytdi. Baydenning ham bayonoti bor edi. Menimcha, raketalar Rossiyada ishlab chiqarilgan deb turib olish bu masalani qo‘zg‘atadi. Biz imkon qadar harakat qilyapmiz. Rossiya va Ukrainani bir muzokara stoliga qo‘yish mumkin. Shu munosabat bilan biz provokatsiya kabi usul to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz. Tinchlikka yo‘l muloqotdan o‘tadi”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya Prezidenti. 

Eslatma: Kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Polsha , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar