Prezident Erdo‘g‘an Indoneziya Davlat rahbari Joko Vidodo bilan uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an Bali orolida Indoneziya Davlat rahbari Joko Vidodo bilan uchrashdi.

1906165
Prezident Erdo‘g‘an Indoneziya Davlat rahbari Joko Vidodo bilan uchrashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, katta yigirmatalikning navbatdagi liderlar sammitida ishtirok etish uchun Indoneziyaga tashrif uyushtirdi. Shu doirada Bali orolida Davlat rahbari Joko Vidodo bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Indoneziyani katta yigirmatalikka bo‘lgan davriy yetakchiligini muvaffaqiyatli ijro etgani uchun tabriklab,

“Aprel oyida Indoneziyaning MIKTA (Meksika, Indoneziya, Janubiy Koreya, Türkiye va Avstraliya) davriy rahbarligini bizdan qabul qilib olishidan alohida mamnunmiz. Shu fursatdan foydalanib 2023 ASEAN davriy rahbarligi uchun hozirdan muvaffaqiyatlar tilab, muloqot sherikligini qo‘llab-quvvatlashingizni kutib qolamiz”.-dedi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, “Birgalikda qayta tiklanish” mavzusi, 15-16 noyabr kunlari o‘tkaziluvchi XVII G-20 Liderlar sammitining eng asosiy kun tartibi masalasi bo‘ladi.

Shu doirada G-20 liderlari, “Oziq-ovqat va energiya xavfsizligi”, “Sog‘lik-salomatlik” hamda “Raqamli transformatsiya” degan sarlavha ostidagi uch majlisda fikr almashadi.

Prezident Erdo‘g‘an, sammit doirasida turli davlatning rahbarlari bilan ham bir qator o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.

 



Aloqador xabarlar