Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Qirg’izistonda

Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu rasmiy uchrashuvlar uchun borgan Qirg’izistonda Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev bilan uchrashdi.

1903677

Sulaymon So’ylu, mezbon vazirlar va delegatsiyalar yig'ilishida Turkiyaning tabiiy ofatga qarshi kurashda juda muvaffaqiyatli qadamlar tashlaganini va integratsiyalashgan ofat boshqaruv tizimini tatbiq etganini bildirdi.

Bu doirada ofat haqida ogohlantirish tizimini joriy qilganliklarini eslatgan So’ylu

"(Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo'yicha prezidentlik) AFAD o'zining samarali strategiyalari, zamonaviy texnologiyalari va ofat aloqasi infratuzilmasi, ayniqsa qonunlar, muassasalar va samarali choralar, nodavlat notijorat tashkilotlarini o'z ichiga olgan holda dunyodagi eng muhim institutlardan biriga aylandi." dedi.

So’ylu, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi inventarizatsiyasida bo'lgan Mi-8 MTV vertolyotiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarini boshlashlarini va so'ralgan kredit yordamini taqdim etishlarini e'lon qildi.

Vazir Ajikeyev, shuningdek, 2012-yilda Turkiya bilan hamkorlik doirasida falokatlarga qarshi kurashni davom ettirganliklarini, 2021-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan yigʻilish natijasida Turkiyadan yuborilgan yordamlar oʻz mamlakatida oʻz samarasini koʻrsatganini aytdi.

Aloqador xabarlar