Bugun Turkiyada Qizil yarim oy haftaligi o’tkazilmoqda

Urush qurbonlari va falokatlardan muhtojlarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan Qizil yarim oy jamiyati 1868 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

1899053
Bugun Turkiyada Qizil yarim oy haftaligi o’tkazilmoqda

 

Bugun Turkiyada Qizil yarim oy haftaligi o’tkazilmoqda.

Urush qurbonlari va falokatlardan muhtojlarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan Qizil yarim oy jamiyati 1868 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Nafaqat mamlakatdagi, balki butun dunyodagi falokatlardan so‘ng o‘sha hududga eng tez yo‘l bilan yetib borishga, barcha muammolarni tezroq hal qilishga tayyor bo‘lgan Turk Qizil Yarim Oy jamiyati bugungacha ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi.

U nafaqat favqulodda vaziyatlarda, balki qonga muhtoj bemorlarga ham yordam berishga harakat qiladi.

Qiyinchilikka duchor bo‘lgan har bir insonga beg'araz yordam qo'lini uzatgan ko’ngilli xayriya tashkiloti Qizil yarim oy jamiyatini ushbu quvonchli kun bilan tabriklaymiz va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.



Aloqador xabarlar