Chavusho‘g‘lu Turk dunyosi barqarorligi va farovonligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turk Davlatlari Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

1894334
Chavusho‘g‘lu Turk dunyosi barqarorligi va farovonligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Chavusho‘g‘lu, Turk Davlatlari Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TDT) navbatdan tashqari yig‘ilishida,

“Mintaqamizni barqarorlik oroliga aylantirish va xalqimiz farovonligini oshirish uchun hamjihatligimizni saqlab qolish va uni mustahkamlash shartdir”, - dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, kecha Istanbuldagi Dolmabahche saroyida joylashgan Prezidentlik apparati ofisida bo‘lib o‘tgan Turk Davlatlari Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Unda, 11 oy oldin Istanbulda tarixiy qadam tashlaganliklari va “oila majlisini” xalqaro tashkilotga aylantirganliklarini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, Turk dunyosi salohiyatini ro‘yobga chiqaradigan institutsional tuzilishga erishganliklarini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu,

“Bugungi kunda Turk dunyosi, tarixda bo‘lganidek global geosiyosatning markaziga aylandi. Biz energiya, savdo va transport yo‘llari bo‘yicha sharq va g‘arbni, shimol va janubni bir-biriga bog‘lovchi muhim pozitsiyaga egamiz. Dunyo boshdan kechirayotgan murakkab bir davrda, global barqarorlik va farovonlik uchun Turk dunyosining ahamiyati yana-da ortdi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Covid-19 pandemiyasidan hali hanuz to‘liq qutilmay turib Ukrainadagi urush ta’siri bilan larzaga tushganliklarini va urush bilan sinovdan o‘tayotganliklarini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, global barqarorlik va farovonlik tahdid ostida ekanini, energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi butun dunyoni xavf ostiga qo‘yganiga e’tibor qaratdi.  

Chavusho‘g‘lu, bu holatning Turk dunyosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatganini qayd etar ekan:

“Bugun huddi shu holatlarni qo‘lga olib, birgalikda nimalar qila olishimizni muhokama qilamiz. Atrofimizdagi inqirozlarning oldini olish uchun birgalikda chora qidirar ekanmiz, kelajak uchun kuchli qadamlar tashashimiz zarur. Mintaqamizni barqarorlik oroliga aylantirish va xalqimiz farovonligini oshirish uchun hamjihatligimizni saqlab qolish va uni mustahkamlash shartdir”.-deya gapirdi.

Kelasi oyda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan TDT sammitida uchrashishlarini ham qayd etgan Chavusho‘g‘lu, bu sammit orqali kelasi yil uchun raislikini, O‘zbekistonga topshirishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar