Erdo‘g‘an bilan Toqayev qo‘shma bayonot imzoladilar

Türkiye bilan Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 - yilligi munosabati bilan Erdo‘g‘an va Toqayev qo‘shma bayonot imzoladilar.

1892737
Erdo‘g‘an bilan Toqayev qo‘shma bayonot imzoladilar

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Qozog‘iston Prezidenti Qasim – Jomart Toqayev ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 - yilligi munosabati bilan qo‘shma bayonot berdi.

Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi Oqorda prezidentlik saroyida Erdo‘g‘an va Toqayev rahbarligida kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ortidan Türkiye - Qozog‘iston munosabatlari o‘rnatilganining 30 - yilligi munosabati bilan qo‘shma bayonot e’lon qilindi.

Roppa – rosa 16 moddadan iborat bo‘lgan mazkur bayonotda, ikki davlat o‘rtasida ko‘plab mavzularda hamkorlikda ish olib borilishi ifoda etildi.

Transport sohasida Trans – Kaspiy yo‘lagi va Boku – Tbilisi - Kars yo‘nalishidan samarali foydalanish uchun muvofiqlashtirish sa’y-harakatlari kuchaytirilishiga e’tibor qaratilgan bayonotda, terrorizmga qarshi kurash ham batafsil tilga olindi va bu haqida:

“Ikki davlat milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan barcha tuzilmalarga qarshi kurashni kuchaytirishga kelishib olindi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda mudofaa sanoati, ta’lim, atrof-muhit va o‘rmon xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik davom ettirilishi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar