Gulsevin: Turk tili dunyo yoshlari tomonidan o‘rganilmoqchi bo‘lgan beshinchi tilga aylandi

Türkiyening Kutahya viloyatida bo‘lib o‘tgan “Turk tili dunyo tilidir” (Türk Dili Türkçe) deb nomlangan konferentsiyada ishtirok etgan Gurer Gulsevin, turk tilining dunyo tiliga aylanganiga e’tibor qaratdi.

1891492
Gulsevin: Turk tili dunyo yoshlari tomonidan o‘rganilmoqchi bo‘lgan beshinchi tilga aylandi

Turk tili tashkiloti (TDK) rahbari professor doktor Gurer Gulsevinning qayd etishicha, turk tili, bugungi dunyo yoshlari tomonidan o‘rganilayotgan beshinchi tildir.

Türkiyening Kutahya viloyatida bo‘lib o‘tgan “Turk tili dunyo tilidir” (Türk Dili Türkçe) deb nomlangan konferentsiyada ishtirok etgan Gurer Gulsevin, turk tilining dunyo tiliga aylanganiga e’tibor qaratdi.

Turk tilining, qadimdan beri ham yozuv, ham adabiyot, ham davlat, ham rasmiy, hamda maorif tili ekanini ifoda etgan Gulsevin:

“Türkiyening bugungi kundagi iqtisodiy, harbiy va madaniy kuchi turk tiliga bo‘lgan talabni ham orttirdi. Obru va e’tibori armanlar, ruslar, arablar va butun Janubiy Amerika tomon yoyildi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Professor Gulsevin o‘z so‘zida, turk tilining, dunyo yoshlari tomonidan o‘rganilmoqchi bo‘lgan beshinchi tilga aylanganini ham ta’kidladi.



Aloqador xabarlar