Erdo‘g‘an: Oliy ta’lim uchun davlatning barcha imkoniyatlarini safarbar qildik

Prezident Erdo‘g‘an, poytaxt Anqaradagi “Xalq kongress va madaniyat markazi”da, 2022-2023 Oliy ta’lim o‘quv yilining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

1890957
Erdo‘g‘an: Oliy ta’lim uchun davlatning barcha imkoniyatlarini safarbar qildik

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, yoshlarning oliy ta’lim olishlarini osonlashtirish uchun davlatning barcha imkoniyatlarini safarbar qilganliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, poytaxt Anqaraning Yenimahalle tumaniga qarashli Beshtepe mahallasida joylashgan, “Xalq kongress va madaniyat markazi”da, 2022-2023 Oliy ta’lim o‘quv yilining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

O‘z xizmatlarini boshlaganliklarida Türkiyeni ta’lim, sog‘liqni saqlash, adolat va xavfsizlik ustida barpo etishlari haqida gapirganliklarini yodga solgan Erdo‘g‘an:

“Yurtimiz sharoiti nima bo‘lishidan qat’iy nazar 20 yildan beri, bergan vadalarimizni bajardik. Mazkur to‘rt tarmoqdan boshlab, har sohada Türkiyeni farqli mavqega olib chiqdik”, - dedi.

Türkiyedagi universitetlar sonini 76 tadan 209 taga oshirganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Yoshlarimizning oliy ta’lim olishlarini osonlashtirish uchun davlatning barcha imkoniyatlarini safarbar qildik”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Türkiyeda butun dunyoga namuna bo‘la oladigan darajada o‘rta maktablar va universitetlar borligiga ham e’tibor qaratgan Prezident Erdo‘g‘an, universitetlarda, ba’zan norozichiliklarga yo‘l ochgan Talabalar intizomi to‘g‘risidagi nizomni o‘zgartirganliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar