Sentabr oyida 145 terrorist yoʻq qilindi

Sentyabr oyida uyushtirilgan amaliyotlarda 145 terrorist yoʻq qilindi.

1888909
Sentabr oyida 145 terrorist yoʻq qilindi

Sentyabr oyida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda 145 terrorist yoʻq qilindi.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismail Chatakli, oylik matbuot brifingida, sentabr oyida 16 terror harakatiga monelik qilinganini bildirdi.

PKK terror tashkilotiga qarshi qishloqlarda 12 tasi keng, 30 tasi oʻrta jami 12 ming 817 amaliyot uyushtirilganini ma’lum qilgan Chatakli, amaliyotlar doirasida 145 terroristning yoʻq qilinganini qayd etdi. Ulardan 9 nafari yuqori darajali yetakchi maqomida, 4 nafari qidiruvdagi terroristlar roʻyhatining kulrang, 4 nafari esa toʻq sariq kategoriyasida oʻrin olgan terroristlar ekani aniqlangan.

Chatakli, joriy yilning bahor va yoz mavsumida “Eren-blokada”amaliyotlari doirasida 9 ming 768 harakat uyushtirilgani va unda 98 terrorist yoʻq qilinganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar