Hulusi Akar: “TQK, Liviyada xorijiy kuch emas”.

Hulusi Akar bilan Abdulhamid Dibayba Türkiye - Liviya o‘rtasidagi munosabatlarni baholadi.

1888146
Hulusi Akar: “TQK, Liviyada xorijiy kuch emas”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Turk Qurolli kuchlarining (TQK) Liviyada, xorijiy kuch emasligini qayd etdi.

Hulusi Akar, Liviya poytaxti Tripolida Milliy Birlik hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba bilan bo‘lgan uchrashuvida, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni baholadi.

Turkiya va Liviya oʻrtasida 2019-yili imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Akar, bu kelishuvlar ikki davlatning doʻstlik, birodarlik, mushtarak tarix va qadriyatlarning timsoli ekanini taʼkidladi.

Liviyada vaqti-vaqti bilan, “Türkiye xorijiy kuchdek” kun tartibiga olib chiqilayotganini yodga solgan Milliy Mudofaa vaziri.

“Turk Qurolli kuchlari unsurlari bu yerda, albatta, xorijiy kuch emas. Biz bu yerda, Liviyaning do‘st va qardosh davlat unsurlarimiz”,- dedi.

Liviyada imkon qadar tezroq osoyishtalik va tinchlik o‘rnatilishi, Turkiyaning eng katta orzusi ekanini tilga olgan Akar, tinchlik va barqarorlik uchun saylovlar o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar