Bugungacha Ukraina portlaridan 6 million tonnadan ortiq don yetkazib berildi

Joriy yilning 22-iyuli kuni Istanbulda Türkiye, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasida, “Don va oziq-ovqat mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda yetkazib berish tashabbusi hujjati”, imzolandi.

1888311
Bugungacha Ukraina portlaridan 6 million tonnadan ortiq don yetkazib berildi

Ukraina portlaridan yetkazib berilgan don miqdori, 6 million tonnadan oshdi.

Rossiya-Ukraina urushi tufayli yuzaga kelgan “oziq-ovqat inqirozi” xavfini bartaraf etish uchun Türkiyening sa’y-harakatlari natijasida “don yo‘lagi” tashkil etilgandi. Ushbu yo‘l orqali, bugungacha 6 million tonnadan ortiq don yetkazib berildi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, 2022-yil 22-iyul kuni Istanbulda Türkiye, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasida, “Don va oziq-ovqat mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda yetkazib berish tashabbusi hujjati”, imzolandi.

Istanbuldagi “Qoʻshma muvofiqlashtirish markazi”ning 27-iyul kuni o‘z faoliyatini boshlashi ortidan, Ukrainaning Odessa portidan birinchi kema joriy yilning 1-avgusti kuni yo‘lga chiqdi.

Shu kungacha Ukraina portlaridan 260 ta kema yo‘lga chiqqani qayd etilar ekan, yetkazib berilgan don miqdori 6 million tonnadan oshdi.

Kemalar orqali makkajo‘xori, bug‘doy, shrot, kungaboqar yog‘i, qand lavlagi, soya, no‘xat, arpa kabi oziq-ovqat mahsulotlari tashilmoqda.

Shuningdek, bugun Ukraina portlaridan yana 8 ta kema yo‘lga chiqqani qayd etildi.  

 



Aloqador xabarlar