Mustafo Shentop Kubickining Erdo‘g‘an haqidagi so‘zlariga e'tiroz bildirdi

“Men Germaniya Federal parlamenti vitse-prezidenti Kubickining Prezidentimizga nisbatan haqoratomuz so‘zlari sababli favqulodda norozilik bildiraman. Bu bayonotlarni keskin qoralashimizni bildirdim",-deb munosabat bildirgan Mustafo Shentop.

1885488
Mustafo Shentop Kubickining Erdo‘g‘an haqidagi so‘zlariga e'tiroz bildirdi

 

Turkiya Parlamenti raisi Mustafo Shentop Germaniya Federal parlamenti vitse-prezidenti Volfgang Kubickining Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an haqida aytgan bayonotlarini qoraladi.

Shentop o'zining Twitter'dagi sahifasida voqeaga munosabat bildirdi.

“Men Germaniya Federal parlamenti vitse-prezidenti Kubickining Prezidentimizga nisbatan haqoratomuz so‘zlari sababli favqulodda norozilik bildiraman. Bu bayonotlarni keskin qoralashimizni bildirdim",-deb munosabat bildirgan Mustafo Shentop.

U shuningdek, "Turkiya-Germaniya munosabatlarini buzishga qaratilgan bunday pastkash munosabatga qarshi chora ko'rilishini kutib qolamiz”, dedi.



Aloqador xabarlar