Mersindagi terror hujmida politsiya xodimlaridan biri shahid boʻldi

Türkiyening port shahri Mersinda, terroristlar Politsiya uyiga qarshi hujum uyushtirdi.

1884896
Mersindagi terror hujmida politsiya xodimlaridan biri shahid boʻldi

Ichki ishlar vaziri Suleyman Soʻylu, Mersindagi politsiya binosiga qarshi uyushtirilgan terror hujumida bir politsiya xodimining shahid boʻlgani, bir politsiya xodimining esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Suleyman Soʻylu hujumga uchragan Politsiya uyiga (Polisevi) borib, uni tekshirdi va rasmiylardan ma’lumot oldi. 

Soʻylu, keyinchalik PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan hujumda politsiya xodimlaridan birining shahid boʻlganini, yana birining esa tan jarohati olganini qayd etdi.

Ayni paytda, Ichki ishlar vazirligi Politsiya uyiga qarshi hujum uyushtirgan PKK terror tashkilotining 2 nafar a’zosidan birining, “Zozan Toʻlan” laqabli Dilshah Erjan ekanini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Mersinning Mezitli tumanidagi Politsiya uyiga qarshi kecha Türkiye vaqti bilan soat 22:45 chogʻlarida 2 ayol terrorist tomonidan hujum uyushtirilgani va unga qoʻl urgan ikkala terroristning ham yoʻq qilinganini yodga soldi.

Bayonotda, terroristlarning kim ekanini aniqlash ustidan olib borilgan tergov ishlari paytida, ulardan birining “Zozan Toʻlan” laqabli Dilshah Erjan ekani qayd etildi.  

Kecha kechqurun Mersindagi politsiya uyiga yaqinlashgan bir mashinadan tushgan insonlar tomonidan uzun stvolli oʻqotar qurollar orqali oʻq uzildi. Politsiyalar esa hujumchilarga javob berdi.



Aloqador xabarlar