Erdo’g’an yetakchiligidagi davlat arboblari Anitkabirga tashrif buyurdi

“Hurmatli Otaturk, shonli tariximizning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lgan buyuk g‘alabaning 100 yilligida quroldosh do‘stlaringizni, hurmatli Buyuk Millat Majlisi a’zolarini va shahidlarimizni rahm-shafqat bilan yodga olamiz.

1873777
Erdo’g’an yetakchiligidagi davlat arboblari Anitkabirga tashrif buyurdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligida davlat rasmiylari 30-avgust G‘alaba bayrami va Turk Qurolli Kuchlari  kuni  munosabati bilan poytaxt Anqara shahrida Turkiye Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasi joylashgan Anitkabirga tashrif buyurdi.

Erdo’g’an bu yerda Anitkabir maxsus dafatarini  imzoladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an daftariga shunday yozdi:

“Hurmatli Otaturk, shonli tariximizning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lgan buyuk g‘alabaning 100 yilligida quroldosh do‘stlaringizni, hurmatli Buyuk Millat Majlisi a’zolarini va shahidlarimizni rahm-shafqat bilan yodga olamiz.

Qahramon shahidlarimizdan olgan ilhom bilan Turkiye Respublikasini sizlar biz uchun chizgan maqsadlar yo’lida olg’a siljitish, har sohada, ayniqsa iqtisodiyot, mudofaa va diplomatiya sohalarida mustahkamlashda davom etamiz.

Jahon miqyosidagi epidemiya inqirozini katta ishtiyoq bilan yengib chiqqan mamlakatimiz o‘z hududidagi ziddiyatlarni ham muvaffaqiyatli boshqarib, tinchlik va barqarorlikni tiklash yo‘lida butun dunyo tomonidan yuksak baholangan diplomatik harakatlarni amalga oshirmoqda.

Na mulkdorlarning fitnalari, na qonli terror tashkilotlarining hujumlari kuchayib borayotgan, mazlumlar uchun ham o‘ziga ishonchi, umidi baland Turkiyening qurilishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Ruhingiz shod bo'lsin."

Prezident so‘ng Davlat qabristoniga tashrif buyurdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #30-avgust , #Anitkabir , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar