Turkiya, Gruziya va Ozarbayjon transport bo’yicha imkoniyatlarini ishga solmoqda

Gruziya poytaxti Tbilisida Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya uch tomonlama vazirlar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Matbuotga yopiq eshiklar ortida bo’lib o’tgan muzokaralar taxminan bir soat davom etdi.

1871802
Turkiya, Gruziya va Ozarbayjon transport bo’yicha imkoniyatlarini ishga solmoqda

 

Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'lu Turkiya, Gruziya va Ozarbayjonning transport bo’yicha imkoniyatlarini yanada oshirish uchun ish olib borayotganini bildirdi.

Vazir Karaismailog'lu bu haqda Gruziya poytaxti Tbilisida Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya uch tomonlama vazirlar yig'ilishida so’zlagan nutqida ma’lum qildi.

Matbuotga yopiq eshiklar ortida bo’lib o’tgan muzokaralar taxminan bir soat davom etdi.

Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'lu Turkiya, Gruziya va Ozarbayjon do'st va qardosh davlatlar ekaniga e'tibor qaratib, mamlakatlar o'rtasidagi transport koridorini yanada rivojlantirish uchun muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

"Ushbu muzokaralar natijasida mamlakatlarimiz yutuqli bo’ladi va bu transport koridorlari qanchalik kuchli bo'lsa, hamkorligimiz nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy jihatdan rivojlanadi" dedi Karaismailog'lu.

Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya o'rtasidagi transport sohasida hamkorlikka to'xtalib, o'rta koridorning ahamiyatiga diqqat qaratgan Karaismailog'lu, Turkiyada Baku-Tbilisi-Kars temir yo'li va “Marmaray” liniyasi loyihalari amalga oshirilganligini eslatdi.

"Endi Xitoydan Londonga uzluksiz poyezdlarimiz harakatlana boshladi. Bundan buyon bu salohiyatni yanada oshirish uchun nimalar qilinishi mumkinligini muhokama qilamiz" dedi Karaismailog'lu.

 


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar