Hulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan muloqot qildi

Yetakchilar mudofaa va xavfsizlik masalalari, ayniqsa Ukrainadagi o'zgarishlar, terrorizmga qarshi kurash va F-16 ta'minoti haqida ma'lumot va fikr almashdi.

1871550
Hulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin telefon orqali muloqot qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, yetakchilar mudofaa va xavfsizlik masalalari, ayniqsa Ukrainadagi o'zgarishlar, terrorizmga qarshi kurash va F-16 ta'minoti haqida ma'lumot va fikr almashdi.

Ma'lumki, AQSH va Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. 15 avgust kuni Turkiya Mudofaa vazirligi texnik delegatsiyasi Amerika tomonining taklifiga binoan F-16 qiruvchilarini modernizatsiya qilish va sotib olish masalasini muhokama qilish uchun AQSHga jo‘nab ketgan edi. 

Turkiya havo kuchlari bilan xizmat qiladigan samolyotlarini modernizatsiya qilish uchun 40 ta F-16 Block 70 qiruvchi samolyoti va 80 ta Block 70 to‘plamini olishga intilmoqda. 

 


Tanlangan kalimalar: #Lloyd Jeyms Ostin , #AQSh , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar