Mavlud Chavusho’g’li Josep Borrell bilan muloqot qildi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog’ida Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

1871243
Mavlud Chavusho’g’li Josep Borrell bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Yevropa Ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosatidan mas’ul vakili Josep Borrell bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, suhbat chog’ida Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Josep Borrell o’z navbatida Turkiya Rossiyaga nisbatan o'z ta'siridan foydalana olishidan umidvorligini bildirdi.

Borrell vazir Chavusho'g'li bilan telefon orqali muloqoti haqida ijtimoiy media orqali bayonot berdi.

Borrell bayonotda Turkiyaning Ukraina g'allasini eksport qilish bo'yicha kelishuvga erishish va "Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumini" kamaytirishdagi roliga urg'u berdi.

“Turkiyaning ma’nosiz urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga nisbatan o‘z ta’siridan foydalana olishiga umid bildirdim”, deb qo’shimcha qilgan Josep Borrell.

 


Tanlangan kalimalar: #Josep Borrell , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar