Erdo'g'an Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog'ida Turkiya-Isroil munosabatlari va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

1870085
Erdo'g'an Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Isroil Prezidenti Isxak Gersog bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog'ida Turkiya-Isroil munosabatlari va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Erdo‘g‘an ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash va elchilarini poytaxtlarga qaytarish to'g'risidagi kelishuvni muhim qadam deb baholadi.

Prezidentning ta'kidlashicha, bu Turkiya-Isroil munosabatlarining ijobiy rivojlanishi yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Elchilarni tayinlash bilan aloqalarda jonlanish kuzatilishini tilga olgan Erdo'g'an, o'zaro tamoyillarga hurmat asosida ikki tomonlama hamkorlik va diplomatik muloqotni rivojlantirish tarafdori ekanligini bildirdi.

Eslatma: Turkiya va Isroil o‘z elchilarini 2018 yilda chaqirtirib olgandi.

O‘shanda ikki mamlakat G‘azo sektoridagi voqealar bo‘yicha turlicha nuqtai nazarni bildirgandi: Erdo‘g‘an Isroilni terrorchi davlat deb atagan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Turkiya rahbarini HAMASni qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an , #Isxak Gersog , #Isroil

Aloqador xabarlar