Malayziya qiroli Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Anqara Esenbo'g'a aeroportida Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay tomonidan kutib olindi.

1868222
Malayziya qiroli Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Malayziya qiroli Sulton Abdulloh Riayatuddin Al Mustafo Billoh Shox kecha, 15 avgust kuni oqshom Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Anqara Esenbo'g'a aeroportida Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay tomonidan kutib olindi.

Mazkur tashrif mamlakat Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Bugun oliy martabali mehmon sharafiga Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkaziladi.

Malayziya qiroliga turmush o'rtog'i qirolicha Tunku Azizah Aminah Maimunah Iskandariah hamrohlik qilmoqda.

Tashrif munosabati bilan rejalangan uchrashuv va muzokaralar bugun amalga oshiriladi.

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Malayziya bilan Turkiya o'rtasidagi yuqori darajadagi aloqalar do‘stlik, o‘zaro ishonch va xalqlar manfaati asosida jadal rivojlanmoqda.

Shu doirada Malayziya Bosh vaziri Ismoil Sabri Yakub iyul oyida Turkiyaga tashrif buyurgandi. Tashrif doirasida ikki davlat o'rtasidagi aloqalar "Har tomonlama strategik sheriklik" darajasiga ko'tarilgandi.

Qirol Abdulloh Riayatuddin Al Mustafo Billoh Shoxning tashrifi salkam 30 yildan keyin Malayziyadan Turkiyaga prezident darajasida amalga oshirilgan birinchi tashrif hisoblanadi.



Aloqador xabarlar