Konyada V Islom birdamligi o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anning tadbirda so’zlagan nutqi bilan V Islom birdamlik o’yinlariga start berildi.

1866051
Konyada V Islom birdamligi o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi

 

Kecha, 9 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali ochilish marosimida ko’plab mamlakatlardan davlat va hukumat rahbarlari, jumladan Ozarbayjon, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Falastin, Jazoir, Albaniya, Qatar davlat rahbarlari va boshqa ko’plab delegatsiyalar vakillari ishtirok etdi.

V Islom birdamlik o’yinlarining tantanali ochilish marosimi Islom birdamlik sport federatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida Konya shahar stadionida tashkil etildi.

Erdo‘g‘anning tadbirda so’zlagan nutqi bilan V Islom birdamlik o’yinlariga start berildi.

"V Islom birdamlik oʻyinlarining sport faoliyatlarini ochiq deb e’lon qilaman. Tadbirni tashkil qilishga oʻz hissasini qoʻshganlarga oʻz nomimdan, qolaversa xalqim nomidan minnatdorlik bildiraman. Barchaga omad yor bo’lsin!”,-dedi Erdo’g’an.

Ochilish marosimi Qur’on tilovati bilan boshlandi. So’ngra, Davlat madhiyasi yangradi, Turkiya bayrogʻi koʻtarildi.

So’ngra, o‘yinlarda ishtirok etuvchi davlatlarning sport jamoalari o‘z bayroqlarini ko‘tarib, maydonga kirib kelishdi.

V Islom birdamlik o’yinlarining ochilish marosimida islom olamining taniqli san’atkorlaridan Maher Zain konsert berdi.

Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston sharafini 265 nafar sportchi himoya qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar