Erdo’g’an Konyaga kelgan davlat rahbarlari sharafiga ziyofat berdi

Kecha Islom birdamlik sport federatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida tashkil etilgan V Islom birdamlik o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

1865992
Erdo’g’an Konyaga kelgan davlat rahbarlari sharafiga ziyofat berdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Islom birdamlik sport federatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida tashkil etilgan V Islom birdamlik o’yinlarining tantanali ochilish marosimi uchun mamlakatga tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashdi.

Erdo’g’an shuningdek, V Islom birdamlik o’yinlari munosabati bilan Konyaga kelgan davlat va hukumat rahbarlari sharafiga ziyofat berdi.

Ziyofatda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtiyye, Albaniya Bosh vaziri Edi Rama, Jazoir Bosh vaziri Eymen bin Abdurrahmon, Saudiya Arabistoni sport vaziri va Islom birdamligi sport federatsiyasi prezidenti shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al Faysal Al Saud, Qatar Olimpiya qo‘mitasi raisi Shayx Joan bin Hamad Al Sani ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar