Erdo‘g‘an: “Don muammosi Turkiya sa’y-harakatlari natijasida hal qilindi”.

Prezident Erdo‘g‘an, Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

1862327
Erdo‘g‘an: “Don muammosi Turkiya sa’y-harakatlari natijasida hal qilindi”.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, dunyoda oziq-ovqat inqirozi paydo bo‘lishiga yo‘l ochgan don muammosi, Turkiya sa’y-harakatlari natijasida hal qilinganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

Erdo‘g‘an unda, dunyoni oziq-ovqat inqirozidan qutqaradigan qadam Turkiya sa’y-harakatlari natijasi ekanini ta’kidlagan holda:

“Don inqirozini hal qilish masalasida tashlangan qadam, butunlay yurtimizning sa’y-harakatlari mahsuli ekani hamma tomonidan qabul qilinmoqda. Mana endi bugun (kecha) qadam tashlandi va kemalar yo‘lga chiqdi. Istanbulda 22-iyul kuni tuzilgan kelishuvlar, Rossiya-Ukraina bozoridagi (muammoning) yechim jihatidan tarixiy burilish nuqtasi bo‘ldi. Ushbu jarayonni kuzatib boradigan Mushtarak Koordinatsiya markazi, 23-iyul kuni ishga tushdi. Don yuklangan kema Odessadan yo‘lga chiqdi. Bu kema Istanbul Bo‘g‘oziga yetib borganida Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT mutaxassislari tomonidan nazorat qilinadi. Shunga o‘xshash diplomatik faoliyatlarni energetika bosh bo‘lish bilan birga boshqa sohalarda ham kengaytirishimiz mumkin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar