Buyuk Ayasofiya jome’ masjidining takror ibodatga ochilganiga ikki yil to‘ldi

Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi bundan ikki yil muqaddam ya’ni 2020-yilning 10-iyuli kuni qabul qilingan qaror bilan takror jome’ masjidiga aylantirildi.

1858864
Buyuk Ayasofiya jome’ masjidining takror ibodatga ochilganiga ikki yil to‘ldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, buyuk Ayasofiya jome’ masjidining ibodatga ochilishining ikkinchi yilligi munosabati bilan kecha xalqqa murojaat qildi.

Erdo‘g‘on mavzu haqida Twitterdagi sahifasida:

“Sakson sakkiz yil ortidan fath etish ramzi, Fatihning (Fatih Sultan Mehmet) vasiyati va omonati Buyuk Ayasofiya jome’ masjidini asl holiga keltirish imkoniyatini bergan Olloxga hamd bo‘lsin. Ayasofiyaning tirilishi, yana bir bor xayrli bo‘lsin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi so‘zlariga, Buyuk Ayasofiya jome’ masjidining fotosuratini ham ilova etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Istanbul fath etilgunga qadar roppa-rosa 916 yil cherkov, 1453-yildan e’tiboran esa jome’ masjidi sifatida foydalanilgan Ayasofiya, 1934-yili qabul qilingan qaror asosida 86 yil davomida muzey sifatida xizmat qildi. Bundan 2 yil muqaddam ya’ni 2020-yilning 10-iyuli kuni qabul qilingan qaror bilan takror jome’ masjidiga aylantirilgan Buyuk Ayasofiya jome’ masjidi huddi shu yilning 24-iyulida oʻqilgan birinchi juma namozi bilan ibodatga ochildi.



Aloqador xabarlar