Turkiya Pokistonga ta'ziya izhor etdi

Kecha Pokistonning Hind daryosida yuz bergan voqea, 19 kishining umriga zomin bo‘ldi.

1856615
Turkiya Pokistonga ta'ziya izhor etdi

Turkiya Pokistonda yuz bergan qayiq halokatida hayotdan ko‘z yumganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“Pokistonning Panjob viloyatidagi Hind daryosida qayiqning ag‘darilishi natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan eshitdik”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda, ushbu voqeada halok bo‘lganlarga Olloxdan rahmat, doʻst va qardosh Pokiston xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirildi.

Viloyatga qarashli Rahim Yar Xan shahri rasmiylari kecha, ichida bir to‘ydan qaytayotgan 100 kishini olib ketayotgan qayiqning ag‘darilishi natijasida ilk aniqlashlarga ko‘ra 19 ayolning hayotdan ko‘z yumganini va ko‘pchilikning bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Pokiston , #Hind daryosi , #qayiq halokati

Aloqador xabarlar