Qizil bulleten orqali qidirilgan terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1856202
Qizil bulleten orqali qidirilgan terrorist yo‘q qilindi

Xalqaro Politsiya Tashkiloti (Interpol) tomonidan qizil bulleten orqali qidirilgan va Turkiya Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining qidiruvdagi terroristlar ro‘yhatining toq sariq kategoriyasiga kiritilgan, kod nomi esa Azat Kendal boʻlgan Nejati Utku yo‘q qilindi.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soʻylu mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan postda, qizil bulleten orqali qidirilgan va toq sariq kategoriyasida oʻrin olib, kod nomi “Azat Kendal” boʻlgan Necati Utku hamda PKK terror tashkilotining bir a’zosi Xavfsizlik razvedka boʻlimi bilan Diyarbakir Politsiya boshqarmasining amaliyoti natijasida yoʻq qilinganini ma’lum qildi.

Suleyman Soʻylu,

 “Anchadan beri poylab yurgandik. Xavfsizlik razvedka va Diyarbakir politsiyasining muvaffaqiyatli amaliyoti bilan birga jandarmeriyaning soʻnggi zarbasi. Bir necha voqeaning aybdori, qizil bulleten orqali qidirilgan, toq sariq kategoriyaga kiritilgan va kod nomi Azat Kendal boʻlgan Nejati Utku bilan yana bir terrorist yoʻq qilindi. Qoʻlingiz dard koʻmasin qahramonlar”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suleyman Soʻylu , #Interpol , #terrorist , #PKK

Aloqador xabarlar