Turkiya BMTXKning Suriya haqidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya BMTXKning kecha, 12-iyul kuni qabul qilgan Suriya haqidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi.

1854934
Turkiya BMTXKning Suriya haqidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining (BMTXK) Suriyaning shimoli-g‘arb qismini ko‘zda tutgan va transchegaraviy yordam mexanizmini 6 oyga uzaytirgan qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, nomi tilga olingan BMT mexanizmining, Suriyaning shimoli-g‘arb qismidagi qariyb 4,1 million yordamga muhtoj kishiga, tezlik bilan insonparvarlik yordami yetkazib berishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi tomonidan 2022-yilning 12-iyuli kuni qabul qilingan va Suriyaning shimoli-g‘arb qismini ko‘zda tutgan transchegaraviy yordam mexanizmini 6 oyga uzaytirgan qarorini xursandchilik bilan qarshi olyapmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berilgan bayonotda:  

“Suriyadagi gumanitar inqirozga xalqaro miqyosda samarali javob berish va mintaqaviy barqarorlik nuqtai nazaridan BMT mexanizmining o‘z vazifalarini uzluksiz davom ettirishi muhim ahamiyatga ega. Turkiya bu boradagi sa’y-harakatlarini xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda davom ettiradi”.-deyildi.



Aloqador xabarlar