So‘ylu: Suriyalik 510 ming kishi xavfsiz hududlarga qaytdi

Suleyman So‘ylu, suriyalik 510 ming kishinnig xavfsiz hududlarga qaytganini bildirdi.

1848537
So‘ylu: Suriyalik 510 ming kishi xavfsiz hududlarga qaytdi

Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu bu yilning boshidan beri Turkiyada 126 ming noqonuniy muhojirni qo‘lga olganliklarini bildirdi.

Suleyman So‘ylu Izmirdagi bir marosimda so‘zlagan nutqida, mamlakatga noqonuniy muhojirlar kelmasligi uchun keng ko‘lamli faoliyat olib borganliklari lekin suriyalik muhojirlarni noqonuniy muhojirlar bilan aralashtirmaslik lozimligini qayd etdi.

Suleyman So‘ylu, suriyalik 510 ming kishinnig xavfsiz hududlarga qaytganini bildirdi.

Qo‘lga olgan noqonuniy muhojirlarga insoniy munosabatda bo‘lganliklarini va ular mamlakati bilan bo‘lgan shartnomalar asosida yurtlariga qaytarganliklarini yodga solgan So‘ylu:

“Yil boshidan beri 126 ming noqonuniy muhojirni qo‘lga oldik. Ishlayapmiz. Angliya ham Ruandaga jo‘natmoqchi edi lekin jo‘nata olmadi. Bironta ham jo‘nata olmadi. Biz necha kishi jo‘natdik? Yangi yildan beri 44 ming 933 kishini o‘z yurtiga qaytardik”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar