Prezident Erdoʻgʻan Baydenning 1915-yilgi voqealar haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirdi

Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Vazirlar kengashi yigʻilishidan keyin nutq soʻzlagan Erdoʻgʻan, 1915-yilgi voqealari bilan bogʻliq bayonotlarga toʻxtaldi.

1817950
Prezident Erdoʻgʻan Baydenning 1915-yilgi voqealar haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Baydenning 1915-yilgi voqealar haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirgan holda:

“Janob Bayden armanlar bilan boʻlgan tarixni yaxshi oʻrganishi va bilishi kerak. Bularni bilmay turib Turkiyaga qarshi chiqishga urinishini kechirish imkonsiz”.-dedi.

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Vazirlar kengashi yigʻilishidan keyin nutq soʻzlagan Erdoʻgʻan, 1915-yilgi voqealari bilan bogʻliq bayonotlarga toʻxtaldi.

“Galisiyadan Liviyagacha boʻlgan keng geografiyada biz olib borgan kurashning hech birida sharmandali manzarani koʻrolmaysiz yoki topolmaysiz”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Prezident Erdoʻgʻan, turli davlat hukumatlari va parlamentlari tomonidan arman iddiolari haqida aytilgan soʻzlarning Turkiya uchun hech qanday hukmi yoʻqligini qayd etdi.

Shu doirada AQSh Prezidenti Baydenning 1915-yilgi voqealari bilan bogʻliq bayonotlariga ham munosabat bildirgan Prezident Erdoʻgʻan:

“Janob Bayden armanlar bilan boʻlgan tarixni yaxshi oʻrganishi va bilishi kerak. Bularni bilmay turib Turkiyaga qarshi chiqishga urinishini kechirish imkonsiz”.-dedi.

Erdoʻgʻan, Baydenning 1915-yilgi voqealar haqidagi bayonotlarining hammasi butunlay yolgʻon va notoʻgʻri ekani uchun ham buning ustida toʻxtalishga ham hojat yoʻqligini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar