Prezident Erdo‘g‘an Falastinda yuz berayotgan voqealarga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Iordaniya Qiroli II Abdulloh bilan telefon orqali muloqot qildi.

1814232
Prezident Erdo‘g‘an Falastinda yuz berayotgan voqealarga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Iordaniya Qiroli II Abdulloh bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda, Ramazon oyida Isroilning aralashuvi tufayli Falastinda yuz berayotgan voqealarning xavotirga solgani qayd etildi.

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, jarrohlik amaliyotni boshdan kechirgan Qirol Abdullohga sog‘lik-salomatlik tilaganini bildirdi.

Ramazon oyida Isroilning aralashuvi bilan Falastinda yuz berayotgan voqealardan xavotirda ekanini qayd etgan Erdo‘g‘an:

“Mintaqada tinchlik o‘rnashi uchun Hurmatli Abdulloh bilan amalga oshiriladigan faoliyatlar masalasida Turkiya va Iordaniya sifatida, yaqin hamkorlikda bo‘lish ustidan kelishib oldik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar