Prezident Erdo‘g‘an Iordaniyaga amaliy tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Iordaniyaga bir kunlik amaliy tashrif uyushtiradi.

1809769
Prezident Erdo‘g‘an Iordaniyaga amaliy tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Iordaniya Qiroli II Abdullohning taklifiga binoan 11-aprel dushanba kuni Ammanga bir kunlik amaliy tashrif uyushtiradi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra ushbu tashrif chogʻida Turkiya-Iordaniya munosabatlari har jihatdan koʻrib chiqilib, hamkorlikni mustahkamlash imkonlari muhokama qilinadi.

Unda shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashish koʻzda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #Iordaniya , #Amman

Aloqador xabarlar